Savol-javob
Yetkazib berish, to‘lov, kafolat va buyurtma haqida eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar.
Mebelni kreditga ham olsam bo‘ladimi?
Ha, hozirgi kunda mebellarni kreditga berish yo‘lga qo‘yilgan. Buni banklar orqali rasmiylashtirish mumkin.
Bir nechta to‘plam olsam, narxi arzonlashadimi?
Ha. Mijozlarimiz bizdan qancha ko‘p mebel to‘plamlari olsa, biz ham shuncha ko‘p chegirma beramiz.
Plastik karta orqali to‘lov qilsam bo‘ladimi?
Ha, to‘lov barcha usullar orqali amalga oshiriladi. Istalgan to‘lov turida narxlar o‘zgarmaydi.
Mebelga necha oy yoki yil kafolat beriladi?
Kafolat 3 yilga beriladi va mebel ishlab chiqarilgan sanadan boshlab hisoblanadi, sotib olingan kundan emas.
Mebelni yetkazib berish xizmati qanday?
Maxsus transport vositamiz bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha bepul yetkazib beramiz. Boshqa viloyat va shaharlarga yo‘l sarf-xarajatlari xaridor tomonidan qoplanadi.
Yetkazib berishda mebelga shikast yetsa, zararni kim qoplaydi?
Yetkazishni o‘zimiz amalga oshirayotganimizda mebel shikastlansa, qirilsa yoki chizilsa, zararni to‘liq qoplaymiz. Xaridorning o‘zi olib ketayotganda yetgan zarar uchun javobgarlik xaridorga tegishli; bunda ta’mirlash yoki almashtirish pullik bo‘ladi.
Kafolat tugamasidan oldin nuqson aniqlansa-chi?
Kafolat muddati tugamasdan shikoyat tushsa, muammoni 5 ish kunida to‘liq bartaraf etamiz: nosozlikni ta’mirlaymiz, ishlatishga yaroqsiz bo‘lsa almashtirib beramiz.
Viloyatlardagi filiallar sifatiga kim javob beradi?
Viloyat filiallari ustidan shikoyat tushsa, filial egasiga ogohlantirish yuboriladi va u qat’iy nazoratga olinadi.
Mebelni haftaning qaysi kunlari sotib olish mumkin?
Haftaning istalgan kunida. Muhimi — qachon bo‘lsa ham tanlab, sotib olishingiz.
Sotib olingan mebelni qaytarish yoki almashtirish mumkinmi?
Sotilgan mahsulot qaytarib olinmaydi. Sotib olishdan oldin qaror qabul qilishingiz uchun mutaxassislarimiz batafsil maslahat berishga tayyor.
Savdo agentlaringiz mebelni yaxshi tushunadimi?
Ha. Agentlarimiz mebel sohasida tajribaga ega va xaridorlarning har bir savoliga batafsil javob berishadi.
Mebel tanlashda yordam kerakmi?
Operatorlarimiz savollaringizga javob beradi va sizga katalogni taqdim etadi.