Asosiy mazmunga o‘tish
Shosh Mebel

Mebel tanlash maslahatlari

Divan, yotoqxona va materiallar haqida foydali ma’lumotlar — xarid qilishdan oldin o‘qib chiqing.

01

Divan xonaga sig‘ishi yetarli emas

Divan tanlashdan oldin xona, eshik, lift va yo‘lak o‘lchamlarini o‘lchang. Divan xonaga sig‘ishi bilan birga uni uyga olib kirish ham mumkin bo‘lishi kerak. Burchakli va modulli variantlar tor joylarga qulay.

02

Modulli divan nima

Modulli divan alohida bo‘laklardan yig‘iladi: istalgan vaqtda shaklini o‘zgartirish, bo‘laklarni qo‘shish yoki joyini almashtirish mumkin. Tez zerikadiganlar va xona tartibini tez-tez o‘zgartirishni yoqtiradiganlar uchun qulay.

03

PPU D30 nimani anglatadi

PPU — poliuretan ko‘pik, D30 esa uning zichligi. Zichroq to‘ldiruvchi o‘tirishda tezroq yassilanmaydi va divan uzoq vaqt shaklini saqlaydi. Divan tanlashda to‘ldiruvchi turini so‘rang.

04

MDF, DSP, OSB yoki fanera

Har bir materialning o‘z vazifasi bor: MDF — silliq jabhalar uchun, DSP — shkaf va tumba uchun, OSB va fanera — yumshoq mebel karkasi uchun. Muhimi — to‘g‘ri material to‘g‘ri joyda ishlatilishi.

05

Yotoqxona o‘lchami qanday bo‘ladi

Krovat atrofida erkin yurish uchun har ikki yonidan kamida 60–70 sm joy qoldiring, shkaf eshigi to‘liq ochilishini tekshiring. O‘lchamni biz ham uyingizga kelib hisoblab beramiz.

06

Bolali oilalar uchun mebel

Yumaloq burchaklar, yuviladigan va mustahkam mato, barqaror karkas va xavfsiz materiallar muhim. Yumshoq mebelni tanlashda ichki to‘ldiruvchi va mato sifatiga e’tibor bering.

Maslahat kerakmi? Operatorlarimiz va dizaynerlarimiz yordam beradi.

Operatorlarimiz savollaringizga javob beradi, katalogni taqdim etadi va dizayner tashrifini kelishadi.