Biz haqimizda
“Shosh Mebel” — 2010-yilda tashkil topgan, o‘zbek xonadonlari uchun sifatli mebel ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya.
Tajriba va mahsulot turlarini kundan-kunga oshirib boramiz
2010-yilda o‘z faoliyatini boshlagan “Shosh Mebel” jamoasi tajribasi va mahsulot turlarini kundan-kunga oshirib bormoqda. Bunda jamoadagi har bir ishchi-xizmatchining mehnati beqiyos o‘rin tutadi.
O‘zbekiston mebel bozoriga shaxdam qadam tashlab kirib kelgan “Shosh Mebel” kompaniyasi tez fursatlarda o‘z o‘rnini topib, ko‘plab xaridorlarga ega bo‘ldi. Butun respublika bo‘ylab sotilayotgan mebellarimiz ham sifat, ham ko‘rkamlik jihatidan chet el mebellaridan aslo qolishmaydi.
O‘zgacha dizayn va uslub ila tayyorlanayotgan mebellarimiz o‘zbek xonadonlariga kirib bormoqda va bundan keyin ham ishlarimizni yanada yuksaltirish harakatlarida to‘xtamaymiz.

Mijozlar bilan muomalada qat’iy amal qilamiz
- Bizdan xato o‘tsa va tanqidlar o‘rinli bo‘lsa, tan olib, muammoni joyida hal qilamiz.
- Mahsulotning sifati va mustahkamligiga 100% kafolat bermasak, sotmaymiz.
- Sodiq mijozlarimizni qadrlaymiz va hurmat qilamiz.
- Ombordan chiqib, mijoz uyi tomon harakatlanayotgan har bir mahsulot uchun to‘liq javobgarlikni o‘z bo‘ynimizga olamiz.
- Savdo va pul oldi-berdisida halollikka qat’iy amal qilamiz.
- Mijozlar bilan muomalada intizom va o‘zaro tushunishni birinchi o‘ringa qo‘yamiz.

Bizni nima birlashtiradi
Birdamlik va do‘stlik
Jamoa — eng katta boyligimiz.
Erkin fikr va insoniylik
Har bir xodimning fikriga quloq solamiz, innovatsion g‘oya va ijodkorlikni doim qo‘llab-quvvatlaymiz.
Kamtarlik va sodiqlik
Mijozga ham, jamoaga ham sodiq qolamiz.
Adolat va halollik
Barcha munosabatlarda ochiq va adolatli bo‘lamiz.
O‘zaro ishonch va hurmat
Ishonch — uzoq muddatli hamkorlik asosi.
Tozalik va tartib
Ishlab chiqarishdan xizmat ko‘rsatishgacha.
“SHOSH MEBEL — MILLIYLIK VA SIFAT KAFOLATI!”
Mebel tanlashda yordam kerakmi?
Operatorlarimiz savollaringizga javob beradi va sizga katalogni taqdim etadi.